Yangiliklar
1419

Tandiqiy fikrlashni rivojlantirish

Ushbu maqolada tanqidiy fikrlash nima uchun bizga kerak ekanligi va uni rivojlantish yo’llari haqida bilib olasiz.

Tandiqiy fikrlashni rivojlantirish

Tandiqiy fikrlashni rivojlantirish

Tanqidiy fikrlash o‘zi nima?

Tanqidiy fikrlash — ma'lumotni tahlil qilib, baholash va shu bo‘yicha xulosa qilish qobiliyati. Ma’lum bir fikr yoki g’oya haqida gap ketganda, uning mazmuni qanchalik mantiqiy va ishonchli ekanligi muhim ahamiyatga ega. Inson o’zida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish orqali yangiliklarni oson qabul qilish, muammolarni yechish va qaror qabul qilishda erkin fikrlay oladi.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullari

1. Savol berishni odat qiling

Savol berish tanqidiy yondashuvga yordam beradi. Yangi fikr yoki ma'lumotni eshitganda qanday dalillarga asoslanganligi, manbasi haqida savollar bering. Uning shunchali qabul qilmasdan, ko’zdan kechirib, tekshirib ko’ring. Albatta, savollar mantiqqa to’g’ri kelishi kerak.

2. O‘qishni odat qiling

Turli mavzularda kitoblar o‘qing, yangiliklarni kuzating va manbaalarni bir-biriga solishtiring. Birgina manbaaga emas, balki turli taraflardan berilgan ma’lumotlarni kuzatib borish fikrlar ko‘lami kengayishiga yordam beradi.

3. Bahs-munozaralarda qatnashing

Fikrlar almashinuvi orqali inson o‘zining g’oyalarini kengaytirib, boshqalarning nuqtai nazarini tushunishni o’rganadi.

4. Muammolarni tahlil qiling

Har qanday vaziyat yoki muammoni qismlarga bo‘lib, sabablarini aniqlang va har taraflama yechim berishga harakat qiling. Biror voqeani boshdan oxirigacha tahlil qiling.

Fikrlashni rivojlantirish uchun mashqlar

1. "Nega?" texnikasi

Har qanday voqea yoki ma’lumotga nisbatan besh marta “Nega?” savolini bering. Masalan: “Nega bu hodisa sodir bo‘ldi?”, “Bu hodisaning oqibatlari qanday?” Bu mashq muammo chuqurroq tahlil qilishni o‘rgatadi.

2. Tahlil mashqlari

Har kuni biron bir fikr yoki g‘oyaning ijobiy va salbiy tomonlarini yozib chiqing. Bu qiyinchilik va imkoniyatlarni yanada aniqroq ko‘rishga yordam beradi.

3. Boshqotirmali o’yinlar

Sudoku, shaxmat, jumboqli savollar va shunga o’xshash mantiqiy o’yinlarni o’ynab turing. Bu aqlingizni charxlaydi.

Xulosa

Tanqidiy fikrlash hayotimizda uchrab turadigan hodisalarda, yashash tarzimizda, ish faoliyatimiz va ilm o’rganishimizda kerak bo’ladi. Doimiy izlanishda, yangi bilimlar o’rganishdan to’xtamaydigan hamda fikr va g’oyalarni boshqa nuqtalardan tahlil qila olgan insonlar muvaffaqiyatli bo’lishadi. 


Tanqidiy fikrlash hozirgi zamonaviy kasblarni o’rganishda, AyTi bilimlarini egallashda va bu sohada kuchli mutaxassis bo‘laman deydigan yoshlarga katta yordam beradi. Agar siz ham dasturlash, dizayn, marketing sohalaridan birida professional bo‘lishni istasangiz, soft skill’larni rivojlantirish uchun ham alohida vaqt ajrating!


Ushbu sohalarni o’rganishni istasangiz “Najot ta’lim”da qabul davom etmoqda Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting!

Ro'yxatdan o'tish


#tanqidiy_fikrlash_nima #tanqidiy_fikrlashni_rivojlantirish_yo'llari_va_usullari
#fikrlashni_rivojlantirish_uchun_mashqlar

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta'limda No Code kurslari

Najot Ta'limda No Code kurslari

Batafsil