Yangiliklar
26

Toshkentda 24/7 ishlaydigan kovorkinglar bormi?

24/7 ishlaydigan kovorking markazlari nafaqat frilanser, balki kompaniyalar va jamoalar uchun ham ideal joydir. Ushbu maqolada, Toshkentdagi 24/7 faoliyat yuritadigan kovorking markazlari bilan tanishamiz.

Toshkentda 24/7 ishlaydigan kovorkinglar bormi?

Agar siz uyda o'tirib, bemalol ishlayman yoki o'qiyman deb o'ylayotgan bo'lsangiz adashasiz, ayniqsa, oila a'zolaringiz soni ko'p bo'lsa. Uyda ishdan, o'qishdan chalg'itadigan omillar ko'p. Masalan,  to'satdan fokusingizni chalg'itadigan ishlar chiqib qoladi yoki uyingizga mehmonlar tashrifi bo'ladi. Shunaqa vaqtda onlayn ishlaydigan va o'qiydigan insonlar uchun eng yaxshi yechim maxsus kovorking hududlari bo'ladi.

Kovorking nima?

Kovorking — bu bir necha mustaqil mutaxassislar yoki kichik kompaniyalar birgalikda ishlaydigan va zamonaviy ofis sharoitlariga ega bo‘lgan ish joyi. 24/7 ishlaydigan kovorking markazlarining afzalliklari ko‘p. Ular nafaqat o‘zgalar bilan ishlash imkonini beruvchi ijtimoiy muhitni beradi, balki individual ish rejasi va tashabbuslarni amalga oshirish uchun qulayliklar taqdim etadi. Hozir shu kovorking hududlarning bir nechtasi bilan tanishib chiqamiz.

1. C-space - https://www.cspace.uz 

C-space  — Toshkent shahrida joylashgan va 24/7 ishlaydigan eng mashhur kovorking markazlaridan biridir. Ushbu markaz yuqori tezlikdagi internet, ofis jihozlari, xususiy xonalar va jamoaviy ish joylari bilan ta'minlangan. Bu yerda individual ishchilar hamda kichik jamoalar uchun qulay muhit mavjud. Shuningdek, C-space'da ayollar uchun stol va dam olish xonalari ham ajratilgan. Toshkent bo'ylab 7 filial mavjud. Bular - Chust, Labzak, Yunusobod, Elbek, Modera Towers, Beruniy, Aeroport.

2. GroundZero - https://groundzero.uz 

GroundZero — bu nafaqat 24/7 ishlaydigan, balki zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlangan kovorking markazi. Bu yerda keng ofislar, uchta turli o‘lchamdagi uchrashuv xonalari, dam olish zonalari va innovatsion ish joylari mavjud. Xususan, ofisda maxsus tadbirlar, master-klasslar va murabbiylik sessiyalari o'tkazilishi ko‘p. Toshkent bo'ylab 3 ta filiali mavjud. Bular - GroundZero Kitob olami, GroundZero Minor, GroundZero Sharq.

 

3. Impact.t technology hub - https://impactthub.uz 

Impact.t technology hub — bu Toshkentda o‘zining innovatsion va texnologik loyihalarini amalga oshirayotgan shaxslar va kompaniyalar uchun 24/7 ishlaydigan kovorking markazi. Markazda zamonaviy ofislar, uchrashuv xonalari, kompyuter jihozlari va yuqori tezlikdagi internet mavjud. Bu yerda startaplar va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratiladi. Shu bilan birga, markazda tashkil etiladigan turli seminarlar va tadbirlarda faol ishtirok etish imkoniyati mavjud.

 

4. Shake&pear cafe 

Shake&pear — bu Toshkentda 24/7 ochiq bo‘lgan kovorking kafe. Bu yerda keng kutubxona, bepul wi-fi, qulay ish joylari mavjud. U yerda siz nafaqat o‘z ishlaringizni hal qilishingiz, balki yangi odamlar bilan tanishib, turli fikrlar almashishingiz mumkin. Shake&pear ayniqsa, frilanserlar va kichik jamoalar uchun ideal joy. Bundan tashqari, ular maxsus master-klasslar va suhbat klublari tashkil etadi. Manzil - Navoi Avenue 11, 100011, Tashkent

 

5. Najot Ta'lim markazi 

Najot Ta'lim markazi ham o'zining o'quvchilari uchun filiallarida maxsus kovorking hududlar tashkil etgan. Kovorking bepul va 24/7 ishlaydi. Qulay muhit, bepul wifi o'quvchilarning bemalol o'qishi, dars tayyorlashi uchun sharoitlar tayyorlab qo'yilgan. Markazdagi kovorking faqat Najot Ta'lim o'quvchilari uchun ishlaydi.


Xulosa

Hozirgi innovatsion muhitda, onlayn ishlar ham ancha ko'payib qolgan. Kovorking xududlari ishlash, dars qilish uchun eng yaxshi joy hisoblanadi. Agar siz o'zingizga qulay ish yoki dars qilish muhiti izlayotgan bo'lsangiz, ro'yxatda keltirilgan joylardan foydalanib ko'rishingiz mumkin.

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Data science va sun'iy intellekt kursi

Data science va sun'iy intellekt kursi

Batafsil