Dizayn
136

UI/UX dizayn nima?

Ushbu maqolada UI va UX dizayni nima ekanligini, ular o‘rtasidagi farqlarni va qanday qilib foydalanuvchilar uchun qulay tajriba yaratish mumkinligini o‘rganamiz.

UI/UX dizayn nima?

Bugungi kunda odamlar ilova va saytlarni qulay, tez va chiroyli bo‘lishini kutadi. Agar biror sayt yoki ilova ishlatishda qiyinchilik tug‘dirsa, odamlar darrov chiqib ketadi va boshqa alternativlarni qidiradi. Shuning uchun zamonaviy kompaniyalar UI va UX dizaynga katta e’tibor berishmoqda.


UI Dizayn Nima?

UI dizayn (User interface design) — bu ilova yoki saytning tashqi ko‘rinishi va foydalanuvchi bilan dastur o‘rtasidagi aloqa usulidir. Masalan, Google Maps ilovasini ochganingizda ko‘rgan xarita, tugmalar va menyular — bularning barchasi UI dizaynga kiradi. Yaxshi UI dizaynda barcha elementlar uyg‘un va o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak.

UI dizaynning asosiy qismlari

  • Maket
    Maket sahifada qanday elementlar bo‘lishini va ularning qayerga, qanday joylashtirilishini belgilaydi. Bu eng hal qiluvchi omil hisoblanadi. Maket oddiy bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilarga kerakli narsani tez topish imkonini berishi va eng muhimi, ularni sizning chaqiruv-harakatlaringiz (CTA) tomon jalb qilishi kerak.

  • Ranglar
    UI dizaynida ranglar katta rol o‘ynaydi. Ranglar kompaniyaning brendini aks ettirishi va foydalanuvchi shaxsiyatiga mos kelishi lozim. Masalan, Najot Ta'limning veb-sayti uchun qizil va pushti ranglardan foydalanish foydalanuvchilarda ta'lim va texnologiya, AyTiga bo'lgan qiziqishni uyg‘otmaydi va ularni jalb qilmaydi.

  • Tipografiya
    To‘g‘ri shrift tanlovi UI dizaynini muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz qilishi mumkin. Matn oddiy ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, u ong osti darajasida estetik ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, Najot Ta'limning veb-sayti butun matni ComicSans shriftida bo‘lsa qanday ko‘rinardi?

UX Dizayn Nima?

UX dizayn (User experience design) — bu foydalanuvchining ilova yoki sayt bilan ishlashdagi umumiy tajribasini yaratish jarayonidir. Masalan, biror veb-do‘konda mahsulotni oson topish, savatga qo‘shish va to‘lovni amalga oshirish tez va oson bo‘lsa — bu yaxshi UX dizayn hisoblanadi. Yaxshi UX dizayn foydalanuvchiga qulaylik, tezlik va qoniqish hissi beradi.


UX dizaynning asosiy qismlari

  • Foydalanuvchi tadqiqoti 
    Foydalanuvchi tadqiqoti UX dizayn jarayonining birinchi va muhim qismidir. Bu bosqichda UX dizaynerlari foydalanuvchilarni o‘rganadi, ularning ehtiyojlarini, xohishlarini va muammolarini tushunishga harakat qiladi. Tadqiqotlar foydalanuvchi xatti-harakatlari, so‘rovnomalar, intervyular va tahlillar orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi tadqiqoti orqali dizaynerlar ilova yoki saytning qanday ishlashini, nima kerakligini va qanday muammolar yuzaga kelishini aniqlashadi.

  • Foydalanuvchi shaxsiyatlari 
    Personalar — bu foydalanuvchilarni tasvirlash uchun tayyorlangan, o‘xshash xatti-harakatlarga ega bo‘lgan fiktsion profil. Foydalanuvchi shaxsiyatlari yordamida dizaynerlar ma'lum bir guruh foydalanuvchilarni aniqlashadi va ularning ehtiyojlarini qondirish uchun ilova yoki saytni optimallashtirishadi. 
    Masalan, 25 yoshli talaba yoki onlayn xarid qilayotgan ona shaxsiyati tayyorlash mumkin, har biri alohida ehtiyoj va qiyinchiliklarga ega.


  • Sayohat xaritasi
    Foydalanuvchi sayohati — bu foydalanuvchining mahsulot yoki xizmat bilan ishlashda harakatlari va tajribalarini ko‘rsatuvchi xarita. UX dizaynerlari foydalanuvchining har bir qadamini tahlil qiladi, qanday qilib u muammoni hal qilishga harakat qiladi va qayerda to‘xtash yoki qiyinchilikka duch keladi.
    Bu jarayon foydalanuvchilarning ehtiyojlariga qarab sayt yoki ilovaning interfeysini soddalashtirish uchun zarur. Masalan, onlayn do'konda xarid qilayotgan foydalanuvchi, tanlagan mahsulotlari qayerga yig'ilayotganini bilmay qolishi mumkin. Bu jarayonda u biroz to'xtab, interfeysdan qayerda joylashganini qidira boshlaydi. Demak interfeys foydalanuvchini biroz ikkilanishga olib kelmoqda.


  • Testlash va tahlil
    Testlash — bu UX dizaynining yakuniy bosqichi, u dizaynerlar tomonidan foydalanuvchilarga ilova yoki saytni sinab ko‘rsatib, qanday muammolar borligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Testlash jarayonida foydalanuvchilarni turli muhitlarda va qurilmalarda ishlashga chaqirish, tizimni qanday ishlashini ko‘rish va mavjud muammolarni aniqlash mumkin.

 

UI va UX dizayn o‘rtasidagi farq

UI dizayn UX dizayn
Tashqi ko‘rinishni tayyorlaydi Umumiy tajribani shakllantiradi
Ranglar, tugmalar, shriftlar Qulaylik, tezlik, hissiy tajriba
Ko‘zga ko‘rinadigan qismlar Foydalanuvchining ichki his-tuyg‘ulari


Xulosa 


UI va UX dizayn zamonaviy veb-saytlar va mobil ilovalarning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu foydalanuvchilarga qulay, tez va yoqimli tajriba taqdim etish uchun ishlatiladi. Keyingi maqolalarda UI va UX dizaynelar foydalanadigan dasturlar bilan tanishib chiqamiz.
 
 

 

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

Batafsil