10-oktabr kuni Najot Ta’limning Xorazm filialida dasturlaşga qiziquvçi yoşlar uçun “Algoritmlaş” musobaqasi taşkil etildi.
Dasturlaş faqat kod yozişdan iborat emas. Har qanday murakkab masalaning yeçimi ortida mantiqiy fikrlaş, tahlil qiliş va töğri algoritm tuza oliş könikmasi yotadi.
Musobaqa davomida iştirokçilar özlarining algoritmik fikrlaş, muammolarga yeçim topiş va dasturlaş böyiça bilimlarini sinovdan ötkaziş imkoniyatiga ega bölişdi.
Bunday musobaqalar yoş dasturçilarga nafaqat bilimlarini baholaş, balki murakkab masalalarga turli yondaşuvlarni izlaş, mustaqil qaror qabul qiliş va raqobat muhitida öz ustida işlaş uçun ham muhim tajriba vazifasini bajaradi.
Najot Ta’limda ta’lim faqat dars maşğulotlari bilan çeklanmaydi!
Biz öquvçilarimizning bilimlarini amaliyotda mustahkamlaşlari, öz salohiyatlarini namoyon etişlari va doimiy rivojlanişlari uçun turli musobaqa hamda amaliy tadbirlarni taşkil etib boramiz.
Siz ham dasturlaşni örganib, kelajakda kuçli IT mutaxassisi bölişni istaysizmi?
Unda Najot Ta’limda dasturlaşni örganişni boşlang va ilk qadamingizni bugunoq taşlang!
Tadbirlar9-oktabr, 2026
Xorazmda "Algoritmlaş" musobaqasi
Najot Ta'lim Xorazm filialida dasturlaş yönalişi talabalari uçun "Algoritmlaş" musobaqasi bölib ötdi

1 daqiqa oʻqish