10-oktabr kuni Najot Ta’limning Çilonzor filialida YouTube böyiça ekspert Şohijahon Dadaboyev iştirokida “YouTube’da uçadigan kontent qanday qilinadi?” mavzusida master-klass bölib ötdi.

Bugun YouTube şunçaki video joylaş platformasi emas, balki şaxsiy brend yaratiş, auditoriya töplaş va biznesni rivojlantiriş uçun katta imkoniyatlar maydoniga aylangan. Biroq minglab videolar orasida tomoşabin e’tiborini qozoniş va kontentni ommalaştiriş puxta yondaşuvni talab qiladi.
Master-klass davomida aynan şu mavzu — tomoşabinlarni qiziqtiradigan, e’tiborni tortadigan va keng auditoriyaga yetib boradigan kontent yaratiş masalalari diqqat markazida böldi.

Uçraşuv YouTube va kontent yaratiş sohasiga qiziquvçilar uçun tajribali mutaxassis bilan uçraşiş, yangi bilimlar oliş va sohaga boşqaça nigoh bilan qaraş imkoniyatini yaratdi.

Biz öquvçilar va yoşlarga zamonaviy kasblarni örganiş bilan birga, soha mutaxassislarining tajribalaridan bevosita foydalaniş imkoniyatini ham yaratib boramiz.
Siz ham zamonaviy kasblarni egallab, öz sohangizning mutaxassisiga aylanişni istaysizmi?
Unda Najot Ta’limdagi özingizga mos yönalişni tanlang va kasbiy rivojlaniş sari ilk qadamingizni bugunoq taşlang!