Dasturlash
10

2025-yilda eng ko‘p ishlatiladigan TOP 10 ta kiberxavfsizlik dasturlari

Ushbu maqolada xavfsizlikni ta'minlashda yordam beradigan, 2025-yildagi TOP 10 ta xavfsizlik dasturlari bilan tanishasiz.

2025-yilda eng ko‘p ishlatiladigan TOP 10 ta kiberxavfsizlik dasturlari

2025-yilda eng ko‘p ishlatiladigan 10 ta kiberxavfsizlik vositasi

Kiberxavfsizlik dasturlari (cybersecurity tools) bugungi kunda har qanday biznes, tashkilot va mutaxassis uchun majburiy ehtiyojga aylangan. Biznes qanchalik katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar, xavfsizlikni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. Har kuni yangi tahdidlar — fishing, ransomware, ruxsatsiz kirish, veb-hujumlar — paydo bo‘lyapti. Bunday vaziyatda qaysi vositalardan foydalanishni bilmay, adashib qolish oson.


Shu bois sizga yordam sifatida 2025-yilda eng ko‘p qo‘llaniladigan va foydali bo‘lgan 10 ta kiberxavfsizlik vositasini yig‘ib chiqdik. Bu tools (dasturlar) kiberxavfsizlikni endi o‘rganayotganlar uchun ham, xavfsizlikni mustahkamlashda ham asqatadi.


Xavfsizlik uchun yaxshi dasturni tanlashda ikkita asosiy narsaga ahamiyat berish lozim:

1 Ular real tahdidlarga (virus, fishing, zaif parollar, Wi-Fi xurujlari va boshqalar) qarshi qay darajada yordam beradi?
2 Ular kompaniyani moslik (compliance) talablariga (ISO 27001, GDPR, HIPAA, SOC 2) tayyor holatda ushlab turadimi?

Shuningdek, dasturlarning oson integratsiyalashishi, jamoani ortiqcha charchatmasdan tezkor javob berishi ham muhim omillar bo‘ladi.

Quyida keltirilgan vositalar penetratsion test vositalari, tarmoq skanerlash dasturlari, zaifliklarni aniqlash vositalari va OSINT platformalari sifatida keng qo‘llaniladi.


1. Wireshark – tarmoq monitoringi vositasi

Tarmoqdagi real vaqt ma’lumot oqimini kuzatish uchun eng mashhur vosita. Paketlarni tahlil qilib, zararli faoliyatni aniqlaydi.

Wireshark kiberxavfsizlik dasturi


2. Metasploit – penetration testing vositasi

Zaifliklarni aniqlash va ulardan foydalanish orqali tizim himoyasini tekshiradi. Xavfsizlik mutaxassislari uchun eng kuchli platforma.

Metasploit kiberxavfsizlik dasturi

 

3. Prowler – AWS xavfsizlik auditi vositasi

AWS cloud muhiti uchun xavfsizlik va compliance tekshiruvlarini o‘tkazadigan vosita. Tarmoqdagi noto‘g‘ri sozlamalar va xavfli konfiguratsiyalarni aniqlaydi.

Asosiy imkoniyatlari:

  - AWS hisobingizni skanerlash va audit qilish

  - ISO 27001, GDPR, HIPAA kabi standartlarga moslikni tekshirish

  - Zaifliklarni tezkor aniqlash va hisobot berish

Prowler kiberxavfsizlik dasturi

 

4. Nmap – tarmoq skaneri

Qaysi qurilmalar ulanganini, ochiq portlarni va faol xizmatlarni aniqlaydi. Penetratsion testda asosiy vosita.

Nmap kiberxavfsizlik dasturi


5. Kali Linux – xavfsizlik test platformasi

300 dan ortiq xavfsizlik vositalarini o‘z ichiga olgan Linux distributivi. Penetratsion test va ethical hacking uchun standart muhit. Keyingi maqola Kali Linux haqida batafsil gaplashamiz. Bu shunga arziydigan xavfsizlik dasturi :)

Kali Linux kiberxavfsizlik vositasi

 

6. Nessus Professional – zaifliklarni aniqlash vositasi

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p ishlatiladigan vulnerability scanner. Zaifliklarni tezda aniqlovchi skaner. Uning tahdidlar bazasi har kuni yangilanadi, shu bois zamonaviy hujumlardan himoya qilishda foydali.

Nessus kiberxavfsizlik dasturi

 

7. Aircrack-ng – Wi-Fi xavfsizlik vositasi

Wi-Fi tarmoqlarini sinovdan o‘tkazadi. Paketlarni yig‘ish, parollarni buzish va tahlil qilish imkoniyatiga ega.

Aircrack-ng kiberxavfsizlik

8. John the Ripper – parol buzish vositasi

Parollar kuchini sinovdan o‘tkazadigan vosita. Zaif parollarni topib, xavfsizlik siyosatini kuchaytirishga yordam beradi.

John the Ripper


9. Mimikatz – Windows xavfsizlik vositasi

Windows tizimida audentifikatsiya bilan bog‘liq zaifliklarni aniqlash uchun vosita. Kerberos biletlari, parollar va kalitlarni olish imkonini beradi.

Asosiy imkoniyatlari:

  • Xotiradan parollarni chiqarib olish

  • Kerberos audentifikatsiya zaifliklarini tekshirish

  • Ruxsatsiz kirish ssenariylarini aniqlash


10. Maltego

Kiberxavfsizlik bo‘yicha razvedka (OSINT) vositasi. Ijtimoiy tarmoqlar, domenlar, IP manzillar va boshqa ochiq ma’lumotlarni to‘plab, bog‘lanishlarni ko‘rsatadi.

Asosiy imkoniyatlari:

  • Ochiq manbalardan ma’lumot yig‘ish

  • Grafik tarzda aloqalarni ko‘rsatish

  • Jinoyat tarmoqlarini va fishing hujumlarini aniqlash


    Maltego kiberxavfsizlik vositasi

Xulosa 

2025-yilda kiberxavfsizlikka e’tibor qaratish — biznesni himoya qilishning ajralmas qismi. Yuqoridagi vositalar yordamida tarmoqlarni muntazam nazorat qilish, zaifliklarni erta aniqlash, Fishing, ransomware kabi tahdidlardan himoyalanish mumkin. Agar siz shunday dasturlardan foydalanishni o‘rganib, kiberxavfsizlik mutaxassisi bo‘lishingiz mumkin. Najot Ta'limda kiberxavfsizlikni 8 oy davomida o‘rganishingiz mumkin. 

Batafsil ma'lumot uchun ro‘yxatdan o‘tish
78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

2025-yilda eng ko‘p ishlatiladigan TOP 10 ta kiberxavfsizlik dasturlari

2025-yilda eng ko‘p ishlatiladigan TOP 10 ta kiberxavfsizlik dasturlari

Batafsil