Yangiliklar
148

2026-yildagi eng katta texnologik trendlar

Agar zamondan ortda qolishni istamasangiz, 2026 yilning eng muhim texnologik trendlarini bilishingiz shart.

2026-yildagi eng katta texnologik trendlar

Texnologiya hech qachon bu darajada tez rivojlanmagan. Kecha fantastika bo‘lgan narsalar bugun real hayotimizga kirib kelmoqda. 2026-yil esa bu jarayonning yanada tezlashgan davri bo‘lib, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartiradigan innovatsiyalar sahnaga chiqmoqda. Siz uyingizda choyni 10 daqiqada ichib bo‘lguningizga qadar, dunyoni boshqa tarafida:
• … minglab AI modellari ishga tushadi
• … yuz minglab buyurtmalar Amazonda tayyorlanadi
• … minglab mashinalar Teslada ishlab chiqiladi
• … sun’iy intellekt (AI) minglab qarorlar qabul qiladi
• … robototexnika yangi ishlarni avtomatlashtiradi

Xo‘sh, bularning barchasi nimani anglatadi? Keling, endi 2026-yil texnologik trendlari bilan tanishamiz va ular hayotimizni qanday o‘zgartirayotganini ko‘ramiz.

 

1. Sun’iy intellekt (AI) — hamma narsaning markazida 

Sun’iy intellekt  2026-yilda texnologiyaning eng asosiy kuchiga aylanadi. Globar kompaniyalar bilan birgalikda kichik kompaniyalarning 85%i  AI dan foydalanib samaradorlikni oshirganini ma’lum qiladi.  AI endi faqat matn yozish yoki savollarga javob berish bilan cheklanmaydi, balki mustaqil harakat qiluvchi tizimga aylanmoqda.


• Agentic AI —  mustaqil harakat qiluvchi sun’iy intellekt boʻlib, vazifalarni o‘zi rejalashtirib, bajarishga qodir bo‘ladi. Masalan, biznes sohasida AI marketing strategiya tuzishi, mijozlar bilan ishlashi va hatto qaror qabul qilishi mumkin.
• Generativ AI — kontent yaratuvchi sun’iy intellekt boʻlib, rasm, video yaratadi va matn yozadi. Masalan, marketing sohasida reklama matnlari, dizaynlar va kontentlar AI yordamida yaratilmoqda. Bu esa vaqtni tejaydi va ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi.
• Personal AI — shaxsiy yordamchi sun’iy intellekt boʻlib, u sizning oʻrningizga ishlarni rejalashtiradi, eslatmalar yuboradi, email’larga javob yozadi. Qisqacha aytsak, u sizning hayotingizni tartibli va qulay qilishda yordam beradi.

 

2. Robototexnika — aqlli robotlar 

2026-yilda eng katta o‘zgarish — robotlarning “aqlli” bo‘lishidir. Endi ular faqat zavodlar bilan cheklanib qolmaydi, balki kundalik hayotning bir qismiga aylanadi. Robotlar uy ishlarini bajarish, yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishda keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, logistika va tibbiyot sohalarida robotlar katta rol o‘ynaydi. Statistikaga qaraganda 2024-yilda dunyo boʻylab taxminan 36 milliondan ziyod robot ishlagan   (Ularning 98%i xizmat koʻrsatuvchi robotlar edi) Bu koʻrsatkich yildan yilga oshib bormoqda va 2029-yilga borib dunyo boʻylab 61 milliondan oshiq robot foydalanilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Undan tashqari AI orqali ishlaydigan robotlar atrof-muhitni tahlil qiladi, unga mos qaror qabul qiladi va o‘zini moslashtira oladi. Masalan, uy tozalovchi robotlar mustaqil reja tuzib, butun uyni avtomatik tozalashi mumkin. Robototexnika inson ishini to‘liq yo‘q qilmaydi, balki og‘ir va takroriy ishlarni kamaytiradi. Bu esa insonlarni ijodiy va strategik ishlarga vaqt sarflash imkoniyatini beradi. 

 

3. Smart home — aqlli uylar texnologiyasi

Smart home texnologiyasi uy ichidagi barcha qurilmalarni internet orqali bog‘lab, ularni avtomatik va masofadan boshqarish imkonini beradi. Global aqlli uy bozori 2025 yilda 147 milliard dollarga baholangan va 2032 yilga kelib 500 milliard dollarga yetishi kutilmoqda  Aqlli uy qurilmalari maishiy elektronika, xavfsizlik qurilmalari, uy harorati va yoritkichlarni boshqarish, energiya va suv nazorati kabi bir nechta toifalarga bo'linadi. 2026-yilga kelib esa aqlli uylar ham sun’iy intellekt yordamida yuqori bosqichga koʻtarilmoqda. Oldin aqlli uy deganda, biz telefon orqali chiroqni yoqish, konditsionerni boshqarish yoki kamerani tekshirishni tushunar edik. Ya’ni barcha boshqaruv baribir inson qo‘lida edi. Qurilmalar “aqlli” bo‘lsa ham, ular mustaqil emas edi — faqat buyruqni bajarardi. 2026-yilda esa endi uy shunchaki buyruq kutmaydi, balki sizni tushunadi va siz uchun oldindan harakat qiladi: AI uy ichidagi barcha qurilmalarni birlashtirib, sizning kundalik hayotingizni o‘rganadi. U siz qachon uyg‘onishingizni, qachon uyga kelishingizni, qaysi haroratni yoqtirishingizni, hatto qaysi vaqtda dam olishingizni ham eslab qoladi. Masalan, siz har kuni ish yoki o‘qishdan soat 19:00 da uyga kelasiz. Bir necha kun ichida tizim bu odatingizni sezadi. Shundan keyin siz hech qanday buyruq bermasangiz ham, uy siz kelishingizdan oldin tayyor holatga keladi. Konditsioner xonani siz yoqtirgan darajada sovitadi yoki isitadi, chiroqlar avtomatik yoqiladi, hatto ba’zi tizimlar sizga yoqadigan musiqani ham yoqib qo‘yadi. Siz esa shunchaki kirib kelasiz va hamma narsa allaqachon tayyor bo‘lgan boʻladi. 
Yana bir muhim tomoni — xavfsizlik. AI yordamida aqlli uy odatiy va noodatiy holatlarni farqlay oladi. Agar uyda hech kim bo‘lmagan paytda shubhali harakat aniqlansa, tizim darhol sizga xabar beradi yoki kameralarni yoqadi. Bundan tashqari, AI energiyani ham tejashga yordam beradi. Masalan, uyda hech kim bo‘lmasa, tizim ortiqcha ishlayotgan qurilmalarni o‘chiradi va elektr xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa qilganda, 2026-yilda aqlli uy oddiy qurilmalar to‘plami emas, balki AI bilan boshqariladigan yagona tizimga aylanadi. U sizning odatlaringizni o‘rganadi, kundalik hayotingizga moslashadi va ko‘plab ishlarni siz aytmasangiz ham o‘zi bajaradi. Shu orqali uy hayotingizni yengillashtiradigan aqlli yordamchiga aylanadi.

 

4. Kiberxavfsizlik va AI integratsiyasi 

Internet rivojlangani sari axborotlar ham keskin ko‘payib bormoqda. Bugun biz har soniyada yangi axborot, rasm, video yoki kontentlarga duch kelamiz. Lekin afsuski, bu bilan birga soxta (fake) xabarlar, viruslar va turli kiberhujumlar ham ko‘paymoqda. Shu sababli endi oddiy antivirus yoki klassik kiberxavfsizlik tizimlari yetarli boʻlmay qoldi. Hozirgi davrda himoya qilishning eng kuchli yo‘li bu sun’iy intellektga asoslangan tizimlardir. Shular ichida eng muhim ikkitasi — AI-driven cybersecurity va Preemptive cybersecurity hisoblanadi. 

• AI-driven cybersecurity 
AI driven cybersecurity — bu sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan xavfsizlik tizimi boʻlib, uning vazifasi: 
— internetdagi faoliyatni doimiy kuzatish; 
— shubhali harakatlarni aniqlash; 
— virus, hakker va zararli dasturlarni topish;
— tezkor ravishda himoya chorasini ko‘rishdan iborat.  
Masalan, agar kimdir akkauntingizga noma’lum joydan kirishga harakat qilsa yoki tizimga virus tushish ehtimoli paydo bo‘lsa, AI buni tezda sezadi. Keyin esa avtomatik ravishda xavfni bloklaydi yoki foydalanuvchini ogohlantiradi.  Eng katta kuchi shundaki, u bir vaqtning oʻzida juda katta ma’lumotlqrni tahlil qiladi va 24/7 ishlay oladi. 

• Preemptive cybersecurity 
Bu yanada ilg‘or tizim boʻlib, u faqat mavjud hujumlarni aniqlash bilan cheklanmaydi, balki ularning oldini olishga harakat qiladi. Ya’ni u xavf paydo bo‘lishidan oldin uni sezishga urinadi. Buning uchun tizim oldingi kiberhujumlarni o‘rganadi, hakkerlarning ishlash usullarini tahlil qiladi va tizimdagi kichik o‘zgarishlarni ham kuzatadi. Agar u biror harakatni shubhali deb topsa, “bu keyinchalik hujumga aylanishi mumkin” degan xulosaga keladi va oldindan chora ko‘radi. Masalan, shubhali trafikni darhol to‘xtatadi yoki xavfli deb topilgan jarayonni bloklaydi.
Shunday qilib, bu ikkala tizimning eng kuchli tomoni — sun’iy intellekt bilan integratsiya qilinganida. Bu texnologiyalar bugungi kunda juda ko‘p sohalarda ishlatilmoqda. Bank tizimlarida firibgarlik va pul o‘g‘irlanishini oldini oladi, kompaniyalarda maxfiy ma’lumotlarni himoya qiladi va serverlarga hujumlarni to‘xtatadi. Oddiy foydalanuvchilar uchun esa telefon, email va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni xavfsiz saqlaydi. Shuningdek, internet platformalarida soxta (fake) yangiliklar va zararli kontentlarni kamaytirishga ham yordam beradi. Bu ikki tizim birlashganda esa internet ancha xavfsiz va ishonchli muhitga aylanadi.

 

5. Green Tech — Yashil texnologiyalar 

2026-yilda dunyoda ekologiya masalasi eng global muammolardan biri bo‘lib, insoniyatni yangi texnologik yechimlar izlashga majbur qilmoqda. Iqlim o‘zgarishi, havoning ifloslanishi va tabiiy resurslarning tez kamayishi sababli “yashil texnologiyalar” (Green Tech) nafaqat trend, balki zarurat ham hisoblanadi. Yashil texnologiyalar — bu atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan yoki zararini minimal darajaga tushiradigan innovatsion texnologiyalardir.

Masalan: 

• elektr avtomobillar — yoqilg'i xarajatlarini kamaytirishga va havo sifatiga ta'sirlarni kamaytirishga yordam beradi. Elektr energiyasidan transport uchun energiya manbai sifatida foydalanish orqali aholi salomatligi va atrof-muhitni yaxshilaydi va xavfsiz transport tizimiga hissa qo'shadi. Yildan yilga elektr avtomobillariga talab koʻpayib, ishlab chiqarish soni ham ortmoqda. 
• Quyosh energiyasi — bu tabiatdagi eng toza, xavfsiz va deyarli tugamaydigan energiya manbalaridan biri. U quyosh nurlarini maxsus panellar orqali elektr energiyasiga aylantirish orqali ishlaydi. Eng muhim tomoni shundaki, bu jarayonda havoga zararli gazlar chiqmaydi va tabiat ifloslanmaydi. Hozirgi kunda dunyoda elektr energiyasiga bo‘lgan talab juda tez o‘sib bormoqda. Zavodlar, uylar, transport va texnologiyalar ko‘proq energiya ishlatmoqda. Shu sababli endilikda an’anaviy yoqilg‘ilarga (neft, gaz, ko‘mir) bog‘liqlikni kamaytirib, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishga harakat qilinmoqda. Quyosh energiyasi esa bu jarayonda eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 
2026-yilga kelib u sun’iy intellekt (AI) bilan birlashib, ancha aqlli tizimga aylanmoqda. Bunday tizimlar “Sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan quyosh energiyasi tizimi” (AI-driven solar power systems) deb ataladi. Oddiy quyosh stansiyalarida muammo shundaki, quyosh har doim bir xil bo‘lmaydi: ob-havo o‘zgaradi, bulut qoplaydi, yorug‘lik kuchayadi yoki pasayadi. Shu sabab energiya maksimal darajada olinmasligi mumkin. Shu paytda AI esa bu muammoga yaxshi yechim beradi: 
— ob-havoni oldindan tahlil qiladi; 
— Quyosh nurini prognoz qiladi, ya’ni qaysi vaqtda eng ko‘p energiya olish mumkinligini aniqlaydi.
— panellar burchagini avtomatik sozlaydi, Quyoshga toʻgʻri qarash uchun panellarni harakatlantiradi. Natijada, AI bilan boshqariladigan stansiyalarda samaradorlik oshib, koʻproq energiya ishlab chiqariladi. AI faqat quyosh panellarida emas, balki butun yashil energiya tizimlarida ishlatilmoqda. Hozir u energiyani ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash jarayonini ancha aqlli va samarali qilib beryapti:
• Shamol elektr stansiyalari
AI shamol tezligini doimiy tahlil qilib boradi. Shu orqali turbinalar eng yaxshi holatda ishlaydi va ko‘proq energiya ishlab chiqariladi. Shamol kuchli yoki zaif bo‘lishidan qat’i nazar, tizim o‘zini moslashtiradi.
• Aqlli yashil binolar
AI binolarda chiroq, isitish va sovutish tizimini avtomatik boshqaradi. Masalan, xona bo‘sh bo‘lsa, energiya sarfi kamayadi, odam kirsa qayta ishga tushadi. Bu esa katta energiya tejalishiga olib keladi.

Yuqorida aytganimizdek, sun’iy intellekt deyarli barcha sohalarga allaqachon kirib kelgan. Endi u faqat kompyuter yoki telefon ichidagi dastur emas, balki real hayotni boshqaradigan kuchli tizimga aylanmoqda. Texnologik sohalar bilan integratsiya hayotni nafaqat qulay, balki ancha samarali va xavfsiz qilmoqda. Texnologiyalar bir-biri bilan bog‘lanib, butun dunyoni asta-sekin “aqlli tizim”ga aylantiryapti.

Shu tufayli AI ni tushunish va uni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganish hozir eng muhim ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. Agar inson AI ni tushunsa va uni to‘g‘ri yo‘naltira olsa, u ko‘p ishlarni tezroq va osonroq qila oladi. Masalan, oddiy vazifalarni avtomatlashtirish, g‘oyalar topish, tahlil qilish yoki murakkab muammolarga tez yechim topish mumkin bo‘ladi. Bu orqali vaqtni ham, kuchni ham tejash mumkin. Bundan tashqari, hozir ko‘plab sohalarda AI bilan ishlay oladigan mutaxassislarga talab oshib boryapti. Bu IT, marketing, dizayn, biznes va hatto ta’lim sohalariga ham tegishli.

 

Shuning uchun AI ni oʻrganish — kelajakda rivojlanish, yuqori daromad va kasblarda muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhim qadam hisoblanadi. Bu jarayonga qadam qoʻyish uchun esa sizga Najot Ta’lim Prompt injinering kursini  taklif etadi. Bu 2 oylik kursda har qanday soha egalari sun’iy intellektdan foydalanish va toʻgʻri prompt berish orqali samaradorlikni sezilarli oshirishlari mumkin:
• Kursda AI asoslari: machine learning, deep learning va neyro tarmoqlar bilan tanishasiz. 
• Generativ sun’iy intellekt vositalariga toʻgʻri prompt berib, ular bilan ishlashga doir bilimlar olasiz. 
• No‑Code avtomatlashtirish vositalari (Zapier, Make, Notion AI) orqali ish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish ham o'rganasiz.

Sun’iy intellektni oʻrganib, keyingi levelga chiqish payti keldi. Sizni Najot Ta’limda kutamiz!

Administratorga bog'lanish
78-888-9-888

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Sun'iy Intellekt qanday Ishlaydi? Machine Learning orqali AI o'qitish jarayoni

Sun'iy Intellekt qanday Ishlaydi? Machine Learning orqali AI o'qitish jarayoni

Batafsil