Marketing
88

Sun'iy intellekt asoslari (prompt injenering)

Sun'iy intellekt hayotimizni qanday o‘zgartiradi va nima uchun har bir kasb egasi prompt yozishni bilishi kerak? Bugun shu haqida batafsil gaplashamiz.

Sun'iy intellekt asoslari (prompt injenering)

Texnologiyalar kun sayin rivojlanib borayotgan bir davrda yashayapmiz. Bugun bir ishni 2 soatda qilayotgan bo‘lsangiz, sun'iy intellekt yordamida uni 30 daqiqada bajarish mumkin. Sun’iy intellekt (AI) nafaqat AyTi sohasini, balki moliya, marketing, transport, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish kabi eng an’anaviy kasblarni ham tubdan o‘zgartirmoqda. Sun’iy intellekt (AI) sizning sohangizda samaradorlikni bir necha baravarga oshira oladi. Endi esa savol bu yangilikdan siz foydalanyapsizmi?


Sun’iy intellektni o‘rganishim shart emas deyotgan bo‘lsangiz, keling bir boshdan ko‘rib chiqamiz.

💸 Masalan siz moliya sohasida ishlaysiz. Har oyning oxirida hisobot topshirish stressli 5-6 soatingizni olishi aniq. Raqamlar orasida xatollikka yo‘l qo‘yish ehtimoli ham yo‘q emas. Yoningizda sun’iy intellektga promt berib, bu ishlarni 3 barobar samarali bajaradigan hamkasbingiz kompaniya uchun ancha qadrli bo‘ladi. Misol uchun, ChatGPT bilan integratsiyalangan Excel vositalari yordamida katta ma’lumotlar bir necha daqiqada analiz qilinadi. Demak siz ham zamonga moslashgan holda sun’iy intellektdan foydalanishni, promt injeneringni o‘rganishingiz kerak.


🚖 Siz taksistmisiz? Sun’iy intellekt ishsiz qolishingizga tahdid solmaydi, aksincha sizga yordam beradi. Tasavvur qiling, siz har kuni 10–12 soat mashinada bo‘lasiz. Qaysi vaqtda qayerda ko‘proq buyurtma borligini aniqlash sizdan vaqt va energiya oladi. Sun’iy intellektdan foydalanishni bilsangiz, qaysi joylarda, qaysi soatlarda buyurtma ko‘p bo‘lishini oldindan bilasiz. Google Maps + sun’iy intellekt ilovalari yordamida tirbandlikni aylanib o‘tadigan optimal yo‘lni topasiz. ChatGPT orqali oddiy ingliz tilida muloqot qilishni o‘rganib, xorijiy mijozlar bilan gaplashib, reyting va baholaringizni oshirasiz. Balki Uberga ishga kirib ketarsiz :)


Marketing chetda qolmasin-a? 👀

Kontent tayyorlamoqchimisiz, GPT'ga to'g'ri promt bera olsangiz bo'ldi. Hozirgi kunda videolar, rasmlar, maqolalar barchasi sun’iy intellekt yordamida tayyorlanmoqda. Jasper.ai, Copy.ai, Midjourney, ChatGPT kabi vositalar har bir marketing mutaxassisi uchun "qo‘lbola yordamchi"ga aylanmoqda. Grafik dizaynerlar deyarli 50% ishni sun’iy intellekt bilan bajaradi. 


Bo‘ldi endi sun’iy intellektni nega o‘rganishimiz kerakligini bilib oldik. O‘rganamizmi?

Yaqin 5 yil ichida sun’iy intellekt (AI) ko'plab kasblarning ish jarayonlarini avtomatlashtirib, insonlarning ish uslubini o'zgartiradi. Shu sababli, sun’iy intellekt asoslarini o'rganish har bir kasb egasi uchun zarur ko‘nikma bo'lib qolmoqda. Najot ta’lim esa sizga 2 oylik yangi kurslarini taqdim etadi.

Kurs davomiyligi: 2 oy
Darslar: Haftada 2 kun, har biri 2 soatdan
Format: Oflayn


Kurs kimlar uchun mo'ljallangan?

Ish hajmi ko'p, lekin vaqt yetmayotganlar uchun: sun'iy intellektga promt berish orqali ish jarayonlarini avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish mumkin.

Marketing, HR, moliya yoki xizmat sohasida ishlovchilar uchun: Mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash, ma'lumotlarni tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilish osonlashadi.

KPI, hisobot va taqdimotlar ishingizning asosiy qismi bo'lsa: Hisobotlarni tez va aniq tayyorlash imkoniyati mavjud.

Kundalik hayotda samaradorlikni oshirmoqchi bo'lganlar uchun: Kundalik vazifalarni avtomatlashtirish va vaqtni tejash mumkin.

Sun'iy intellektni kontentlar, vizual rasmlar tayyorlashda qo'llamoqchi bo'lganlar uchun.



Kursda nimalarni o'rganasiz?


Sun'iy intellekt asoslari: Machine Learning, Deep Learning, Neyron tarmoqlar

Generativ sun'iy intellekt vositalari: ChatGPT, Midjourney, DALL·E, Bard, Jasper

Prompt injenering: sun'iy intellekt aniq tushunadigan buyruqlar tuzish

No Code avtomatlashtirish: Zapier, Make, Notion AI

Sun'iy intellekt yordamida kontent, vizual, audio va tahlil ishlari

 

Sun'iy intellekt yaqin yillarda ko'plab kasblarni o'zgartiradi. Bu o'zgarishlarga moslashish va raqobatbardosh bo'lish uchun AI asoslarini o'rganish har bir kasb egasi uchun muhimdir. Najot Ta'limning "Sun'iy intellekt asoslari" kursi esa bu yo'lda sizga yordam beradi. Kursga yozilish orqali kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatingizga poydevor qo'ying. Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'tish.


👉🏻 Kursga ro'yxatdan o'tish 

78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta'limda No Code kurslari

Najot Ta'limda No Code kurslari

Batafsil