Ushbu maqolada hozirgi kunda talab katta bo'lgan Data analitika sohasi haqida batafsil gaplashamiz.
Shu paytgacha Najot Ta’lim O‘zbekiston bozoriga AyTi sohasida yetuk mutaxassislar taqdim etib kelgan va bu an’anani davom ettirmoqda. Biroq, shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiyalar davrida AyTi sohasida muvaffaqiyat qozonish ham oson emas. Chunki hozirgi AyTi bozorida bilim va malakasi kam yoshlar ish topishda qiynalishadi.
Bunga parallel holatda esa ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislarning kamligi sezilmoqda. Nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo bo‘yicha ham Data analistlarga talab yuqori. Bunga asosiy sabablardan biri raqobatdosh bizneslardir. Ular bu holatda o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish va raqobatda g’olib chiqish uchun ham aniq va strategik qaroqlarga muhtojdir. Biznesdagi kamchilik va xatolarni yo‘q qilish uchun ham ularga ma’lumotlar asosida aniq rejalar kerak. Bu natijaga erishishda ularga Data analistlar katta yordam bera oladi.
Keling biroz soha haqida to‘xtalib o‘tsak. Data analistlar o‘zi nima ish qiladi?
Data analitika – bu ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va ularni vizual holatga keltirib, xulosa chiqarish jarayoni. Ushbu jarayon kompaniyalarga aniq strategik qarorlar qabul qilishga, vaziyatlarni optimallashtirishga va natijada ko'proq foyda olishga yordam beradi. Data analistlarga talab doim yuqori bo‘lgan. Chunki ular juda ko‘p sohalarda kerak bo‘lishadi. Gap shundaki, Data analistlar moliya, iqtisod, tibbiyot, ta’lim, marketing, AyTi va texnologiyalar sohasida muhim mutaxassislardir. Linkedin’ning ma’lumotlariga ko‘ra yaqin 10 yillikda Data analistlarga bo‘lgan ehtiyoj boshqa sohalarga nisbatadan 25% yuqori ko‘rsatkichda bo‘ladi.
O‘zbekistonda o‘rtacha $400 dan $1000 gacha daromad topish mumkin bo‘lgan bu soha tezlik bilan trendga chiqmoqda. Najot Ta’lim markazi esa zamonaviy kasblar markazidir :) Demak bu kasbni O‘zbekistonning yetakchi AyTi markazlaridan birida o‘rganib, o‘z karyerangizni yangi sohada qurishingiz mumkin.
Kurs haqida gapirishdan oldin soha kimlar uchun degan savolga javob bersak. O‘zi Data analitikani kimlar o‘rgansa maqsadga muvofiq bo‘ladi?
Data analitika kursi asosan tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan AyTi mutaxassislari, aniq fanlarga qiziqadigan, detallarga e’tiborli, tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirgan, matematika va til qobiliyatlariga e’tibori kuchli insonlar uchun mosdir. Ushbu yo‘nalish AyTi yoki iqtisodiy fanlarda o‘qigan, murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish, raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Data analitika kurslarimiz bilan tanishishdan oldin ushbu efirni tomosha qilishingizni maslahat beramiz. Efirda Data analitika mutaxassislari sizni o'ylantirayotgan savollarga batafsil javob berishgan. Efir davomida data analitiklarning ishi qayerdan boshlab, qayerda tugashi, sun'iy intellekt qanday qilib bu sohani rivojlanishiga ta'sir o‘tkazishi, data analitiklarning daromadlari va boshqa muhim mavzular haqida suhbat qilingan. Bundan tashqari, Najot Ta'lim Data analitika kursining o'quv rejasi qanday tuzilganligi, unda nimalar inobatga olingani haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.
Najot Ta’limda Data analitika kursi qay tartibda bo‘ladi?
Data analitika kursi 5 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar quyidagi tartibda bo‘ladi:
Data analitika kursiga ro‘yxatdan o‘tish
Administratorga bog'lanish
77-888-9-888
Yangilik muallifi:
Yangilik muallifi: