Ushbu maqolada Data analitika marketingda qanday rol bajarishini bilib olasiz.

Zamonaviy marketing endilikda taxminlarga emas, balki aniq raqamlar va faktlarga asoslangan tizimga aylanmoqda. 72% marketologlar data asosidagi marketing samaradorligi sezilarli oʻsganini ta’kidlaydi.
Data analitika nima vazifani bajaradi?
Data analitika — kerakli ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish va ular asosida toʻgʻri qaror qabul qilish jarayonidir. Data analitika haqida quyidagi (https://najottalim.uz/blog/data-analitika-kursi-najot-talimda ) maqolamizda batafsil oʻqishingiz mumkin.
Data analitikaning marketingga qanday ta’siri bor?
Hozirda Data analitika koʻplab sohalarga kirib bormoqda, shu jumladan biznes va marketing sohasiga ham. Biznesning yuragi marketing boʻlsa, marketing yuragi data(ma’lumot)lar tahlilidir. Sababi, marketing strategiyalari ma’lumotlar tahlilidan soʻng quriladi:
• Toʻgʻri auditoriyani aniqlash. Bu bosqichda mijozlar oʻrganilib chiqiladi: yosh, jins, qiziqish va joylashuv. Natijada toʻgʻri tanlangan odamlarga yoqilgan target samara beradi. Ya’ni reklama oʻz egasini topib boradi.
• Reklama natijalari. Bunda reklama qanday foyda olib keldi, qaysi biri zarar. Bunda kompaniya oʻzini ortiqcha xarajatdan himoya qiladi va foyda beradigan joydan natija chiqaradi.
• Sayt va ijtimoiy tarmoq statistikasi. Raqobatchilarni oʻrganish, sotuv va mijoz ma’lumotlari tahlili orqali vaziyat nazorat qilinadi.
Xulosa qilganda, Data analitika odam nima qilayotganini kuzatib, unga mos taklif beradi. Marketingni aniq, samarali va tizimli qiladi. U orqali kompaniyalar to‘g‘ri mijozni topadi, xarajatni kamaytiradi va sotuvni oshiradi.
Agar siz:
• ma’lumotlar tahlil qilish koʻnikmasini rivojlantirmoqchi boʻlsangiz
• raqamlar va faktlar bilan ishlashni yoqtirsangiz
• aniq fanlarga qiziqsangiz
• Data analitika orqali marketing strategiyalarini tahlil qilish, reklama samaradorligini oʻrganish va mijoz xatti-harakatlarini tushunishni xohlasangiz, Najot Ta’limning Data analitika kursi siz uchun!
Kurs qay tartibda boʻladi?
— Kurs muddati 7 oy boʻlib, haftasiga 3 kun 2 soatdan.
Ushbu kursda siz:
✅ SQL orqali ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotlarni ajratib olishni o‘rganasiz
✅ Excel yordamida tahliliy jadvallar va hisobotlar tayyorlashni bilib olasiz
✅ Python (pandas, matplotlib, seaborn) orqali katta ma’lumotlar bilan ishlashni o‘zlashtirasiz
✅ Power BI yordamida interaktiv grafiklar va biznes dashboardlar yaratishni o‘rganasiz
✅ Statistik tahlil orqali A/B testlar, regressiya va gipotezalarni tekshirishni tushunasiz
Qoʻshimchasiga:
• Yordamchi ustozdan yordam olish
• Markazning barcha filiallaridagi kovorking zonalaridan foydalanish
• Tezkor va bepul Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish
• Zamonaviy dizaynga ega darsxonalarda tahsil olish
• Haftalik master-klasslar, eventlar va musobaqalarda ishtirok etish iimkoniyatlarini ham qoʻlga kiritasiz!
Xulosa qilib aytganda, siz real ma’lumotlar bilan ishlash va ularni tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Data analitika — juda keng soha bo‘lib, u faqat AyTi bilan cheklanmaydi. Marketing, ta’lim, yirik va kichik bizneslar, tibbiyot hamda moliya sohalarida ham data analitiklarga katta ehtiyoj bor. O‘zbekiston va jahon bozorida ham talab yuqori va daromadli boʻlgan kasb Data analitikani Najot Ta’limda oʻrganing!
Data analitika kursiga ro‘yxatdan o‘tish
Administratorga bog'lanish
78-888-9-888
Muallif:
Muallif:
Tavsiya etamiz:
