Dasturlash
125

Kiberxavfsizlikda "etik xakerlik" tushunchasi nima?

Etik xakerlik nima, u qanday ishlaydi va nega har bir biznes uchun muhim? Bu maqolada siz etik xakerlar nimalar qilishi, qanday vositalardan foydalanishi haqida bilib olasiz.

Kiberxavfsizlikda "etik xakerlik" tushunchasi nima?

Etik xakerlik nima?

Etik xakerlik — bu do‘stona va qonuniy tarzda amalga oshiriladigan xakerlik faoliyatidir. Etik xakerlar tizimdagi zaifliklarni aniqlab, ularni noetik ya'ni yomon maqsaddagi xakerlardan oldin topish va bartaraf etish orqali xavfsizlikni mustahkamlashadi.

IBM ta’rifiga ko‘ra, etik xakerlik — “xakerlik texnikalaridan foydalangan holda, tarmoq va kompyuter tizimlaridagi xavfsizlik zaifliklarini aniqlash va himoyani kuchaytirish jarayoni”dir. Ya’ni, ular kiberhujumlarni simulyatsiya qiladi, ammo zarar yetkazmaydi — faqat himoya darajasini oshiradi.


Nega etik xakerlar kerak?

Bugun raqamli dunyoda har bir tashkilot — bankdan tortib onlayn o‘quv platformalarigacha ma’lumotlar xavfsizligi uchun kurashmoqda. 2026-yilga borib, dunyo bo‘yicha etik xakerlarga bo‘lgan talab 30% ga ortishi kutilmoqda (Cybersecurity Ventures).

Bu degani — etik xakerlik nafaqat texnik ko‘nikma, balki kasbiy kafolat hamdir.


Etik xakerlarning asosiy vazifalari

Etik xakerlarning kundalik ishlari quyidagilardan iborat:

  • Tarmoq, server va web-ilovalardagi zaifliklarni aniqlash;

  • Hujumlarni simulyatsiya qilish (penetratsiya testi);

  • Xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berish;

  • Tashkilotlar ma’lumotlarini ruxsatsiz kirishlardan himoya qilish.

Bu jarayon “penetratsiya testi” deb ataladi va real hujumni sinov shaklida amalga oshirish orqali kompaniyani himoya qilishni o‘rganadi.


Etik xakerlarning axloqiy qoidalari

Etik xakerlik — bu faqat texnik ish emas, balki mas’uliyatli axloqiy faoliyatdir.
Ular qat’iy kodeksga amal qilishadi:

  1. Ruxsat olish: Har qanday sinov faqat kompaniya roziligi bilan amalga oshiriladi.

  2. Zarar yetkazmaslik: Sinovlar davomida tizimga zarar keltirilmaydi, maxfiy ma’lumotlar oshkor qilinmaydi.

  3. Maxfiylikni saqlash: Topilgan zaifliklar faqat tashkilot ichida muhokama qilinadi.

  4. Qonuniylik: Barcha faoliyat amaldagi qonunlar doirasida bo‘ladi.


Xakerlarning turlari

Kiberxavfsizlik olamida barcha xakerlar bir xil emas. Ularni odatda uch toifaga ajratishadi:

  • White Hat (Oq qalpoq) — qonuniy va ruxsatli etik xakerlar;

  • Black Hat (Qora qalpoq) — zarar yetkazuvchi jinoyatchi xakerlar;

  • Gray Hat (Kulrang qalpoq) — ruxsatsiz tizimga kirib, lekin zarar yetkazmasligi mumkin bo‘lgan oraliq holatdagilar.

Najot Ta’limdagi Kiberxavfsizlik kursi aynan “oq qalpoq” xakerlarni — ya’ni tizimni himoya qiluvchi mutaxassislarni tayyorlaydi :)


Etik xaker bo‘lish uchun zarur ko‘nikmalar

Etik xaker bo‘lish uchun quyidagi sohalarda bilim zarur:

  • Dasturlash tillari: Python, SQL, Bash;

  • Tarmoq asoslari: IP, DNS, portlar, serverlar;

  • Xavfsizlik vositalari: Nmap, Metasploit, Kali Linux;

  • Analitik fikrlash: muammolarni aniqlash va tahlil qilish qobiliyati.

 

2026 yilgacha bilishingiz kerak bo‘lgan 7 narsa

  1. Etik xakerlik eng tez rivojlanayotgan IT yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.

  2. Kiberhujumlar soni ortgani sari, himoya mutaxassislariga talab ham oshadi.

  3. AI (sun’iy intellekt) va Machine Learning etik xakerlarning yangi qurollariga aylanadi.

  4. CEH sertifikati xalqaro darajada ish topish imkonini beradi.

  5. Kompaniyalar “ichki xavfsizlik jamoasi” uchun maxsus etik xakerlarni yollaydi.

  6. Etik xakerlikda mas’uliyat va qonuniylik asosiy qadriyat bo‘lib qoladi.

  7. Eng muhim narsa — doimiy o‘rganish va o‘z ustida ishlash.


Xulosa

Etik xakerlik — bu yaxshi niyatli xakerlik ya'ni himoya tizimlarini doimiy tekshirib, mustahkamlab boruvchi kiberxavfsizlik mutaxassislaridir.  Bu soha nafaqat texnik bilim, balki ishonch, halollik va tahliliy fikrlashni talab qiladi. Agar siz kiberxavfsizlikka qiziqsangiz, etik xakerlik orqali nafaqat foydali mutaxassis, balki jamiyatni himoya qiluvchi inson ham bo‘lishingiz mumkin. 

Kiberxavfsizlik kursi
78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Introvertlar uchun eng mos kasblar

Introvertlar uchun eng mos kasblar

Batafsil