Ushbu maqolada Ko'p biznes va startaplar foydalanadigan, kod yozmasdan turib sayt va dasturlar tayyorlash imkonini beradigan No Code vositalari bilan tanishib chiqamiz
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning o‘zida dastur va saytlarning 65% No Code yordamida tayyorlangan. No Code orqali ya'ni kod yozmasdan tayyorlangan loyihalar dasturlashga nisbatan 90% kam vaqt va energiya talab qiladi.
O‘zbekistonda so'ngi 5 yillikda kichik bizneslar, startaplar va onlayn savdo-sotiq sezilarli darajada o'sdi. Raqamli texnologiyalar davrida dijital platformaga ega bo'lmaslik biznesdagi eng katta xatolardan biri. Bu o'z-o'zidam No Code'ga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Nega?
Asosiy sabab, No Code'da sayt yoki bloglar dasturlashga nisbatan tez va arzon tayyorlanadi. Undan foydalanish uchun kod yozishni bilish, algoritmlar degan miyani qiynaydigan tushunchalardan xabardor bo'lish shart emas :) Keling, bugun O'zbekistondan ko'p foydalaniladigan No Code dastur va platformalari bilan tanishib chiqamiz.
Dizayn, marketing va tijorat uchun mo‘ljallangan saytlarga ixtisoslashgan No Code platforma. Ayniqsa landing page tayyorlashda juda qulay. Asosan marketologlar, blog yurutuvchilar va sotuv jarayonlari uchun foydali. Masalan, Najot Ta'limning kurslari haqida ma'lumot beruvchi landing page'lar ham Tilda platformasida tayyorlangan. Tildada blog yuritish uchun ham shaxsiy sahifa tayyorlash mumkin.
1 Zero Block qismi orqali erkin dizayn tayyorlash imkoniyati beriladi;
2 Tayyorlamoqchi bo'lgan sahifaga mos dizayn turlaridan variantlar beradi;
3 SEO sozlamalari orqali qidiruv tizimlarini optimallashtirish imkoniyati;
4 Onlayn to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinganligi;
Dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan kontent menejment tizimi (CMS). O‘zbekistonda blog yurituvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi saytlar va ta’lim loyihalari uchun eng ko‘p ishlatiladigan No Code platformasi. WordPress asosiy platforma sifatida juda sodda bo‘lsa-da, uni turli plaginlar yordamida o‘zingizga kerakli funksiyalarga moslab kengaytirishingiz mumkin. Plagin – bu saytingizga yangi imkoniyat qo‘shuvchi dastur bo‘lagi (kod yozmasdan ishlaydi). WordPress marketing mutaxassislari, blogerlar, kichik biznes egalari uchun qulay tanlov. Chunki ular uchun SEO, email marketing, trafik monitoringi, reklama kabilar muhim va bularning barchasi WordPress’da tayyor plaginlar bilan bor.
1 Kengaytma va plaginlar juda ko‘p bo'lib, saytingizga mos funksiya qo'shish imkoniyati mavjud;
2 SEO optimizatsiya yani qidiruv tizimlarida optimizatsiya uchun maxsus vositalarga ega;
3 Raqamli marktingga mos bo'lib analitika, email marketing, reklama - barchasi bilan ishlay oladi
Elektron tijorat (e-commerce) uchun mo‘ljallangan kuchli No Code platforma. Eksportga yo‘naltirilgan bizneslar, dropshipping bilan shug‘ullanuvchilar foydalanmoqda.
Afzalliklari:
1 Mahsulot katalogi va to‘lovlar avtomatlashtirilgan;
2 Mobil versiyasi mukammal ishlaydi;
3 Marketing kampaniyalari bilan integratsiya (Facebook, TikTok, Instagram).
Kuchli va moslashuvchan prototiplash vositasi bo‘lib, vebsayt va ilova g‘oyalaringizni kod yozmasdan jonlantiradi. Bu vosita dizaynerlar, tadbirkorlar, dasturchilar, UI/UX dizaynerlar uchun haqiqiy mosdir. Qisqacha aytganda, agar sizda sayt yoki ilova g‘oyasi bo‘lsa, Framer bu g‘oyani haqiqatga aylantirishda sizga yordam beradi.
Afzalliklari:
1 Kodga yaqin dizayn elementlari;
2 Interaktiv animatsiyalar;
3 React asosida tayyorlangan sahifalar eksporti;
4 SEO qulay integratsiya.
2025-yilda O'zbekistonda bu sohaga talab keskin oshdi. Bunga sabab yuqorida ta'kidlab o'tilgan startaplarning ko'payishi. Ularga arzon va tez tayyor bo'ladigan saytlar kerak. No Code orqali esa bu g'oyalarni amalga oshirish mumkin. Agar siz AyTi olamiga tez kirib kelishni va kod yozmasdan ham sayt tayyorlashni istasangiz, Najot Ta'limning 3 oylik No Code kurslariga ro'yxatdan o'ting.
Kursga ro'yxatdan o'tish
78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish
Muallif:
Muallif: