Bugungi maqolada mobilograflar ko'p ishlatadigan kerakli qurilmalar haqida gaplashamiz.
Telefon orqali ajoyib suratlar olish bugungi kunda har qachongidan ham ommalashgan. Ajoyib tasvirlar olish uchun faqat telefonning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu yerda eng yaxshi mobil fotografiya jihozlari yordam beradi. Misol uchun, quyoshning botishi yoki samimiy tabassumni suratga olish ishi birgina tugmani bosish bilan amalga oshmaydi. Rasmni yanada jonli qilib olish uchun sizga bir nechta qurilmalar kerak bo‘ladi.
Mobil fotografiya bizning suratga olish usulimizni haqiqatan ham o‘zgartirdi. Hozirgi kunda smartfonlar ajoyib kameralar va professional ko‘rinishdagi suratga olish imkonini beruvchi funksiyalar bilan ta’minlangan. Quyida mobilograf uchun kerakli asosiy qurilmalar va ularning funksiyalari haqida bir qancha ma'lumotlar berib o‘tamiz.
Smartfon
Mobilografiyaning yuragi smartfondir. Hozir mobilograflar eng ko'p ishlatadigan smartfonlarni albatta yaxshi bilsangiz kerak :)
Yuqori pikselli kamera: Kamida 12 MP, lekin 48 MP va undan yuqori kameralar yuqori aniqlikni ta'minlaydi. Ulardan iPhone 15 Pro, Samsung Galaxy S24 Ultra tavsiya etiladi.
IPhone 15 Pro - yuqori sifatli datchik va avtomatik ravishda avtoportret suratga olishni professional ko‘rinishga olib keladigan funksiyali kameraga ega.
Samsung Galaxy S24 Ultra - agar siz uzoq masofalardan suratga olishni yaxshi ko'rsangiz bu telefon sizga mos keladi. U 50 megapikselli obyektivga ega va 100 martagacha kattalashtiradi va uzoqdagi narsalarni batafsil ko'rish imkonini beradi. Asosiysi kamera kunduzi yoki kechasi bo'lishidan qat'i nazar, hamma narsani juda aniq va yorqin qiladi va batareya juda uzoq davom etadi.
Stabilizator (Gimbal)
Videotasvirga olishda kameraning barqarorligi muhim ahamiyatga ega. Gimbal smartfonni tebranish va silkinishlardan himoya qilib, silliq kadrlar tayyorlashga yordam beradi. Eng ommabop modellardan ba'zilari:
DJI Osmo Mobile: Yuqori sifat va qulay boshqaruv.
Zhiyun Smooth: Yengil va ko'p funksiyali.
Hohem iSteady: Budjetga mos variant.
Ring chiroqlari va LED panellari
Rasm va videolarda yorug'lik katta ahamiyat kasb etadi. Halqali chiroqlar yoki kichik LED panellar kabi portativ yoritish aksessuarlari yorug'likni barqaror ta'minlab, kadrlarni sifatini oshiradi. Ular eng yaxshi aksessuarlaridan biridir. Chunki to'g'ri yorug'lik surat va video sifatini sezilarli darajada oshiradi. Quyidagi yoritish vositalari mobilograf uchun ideal variantlardir.
LED chiroqlar: Kichik, ko'chma va quvvatni tejaydi.
Ring Light: Portret suratga olishda va vloglar uchun eng yaxshi tanlov.
RGB yoritish: Rangli effektlar yaratish uchun.
Softbox: Bir xil yorug'lik ta'minlaydi.
Mikrofonlar
Videotasvirga olishda ovoz sifati tasvir kabi muhimdir. Smartfon mikrofonlari ko'pincha tashqi shovqinlarni qabul qiladi, shuning uchun quyidagi mikrofonlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
Lavalier mikrofonlar - intervyular va bloglar uchun.
Shotgun mikrofonlar - yo'naltirilgan ovoz yozish uchun.
Wireless mikrofonlar - quvvatli signal va harakatchanlik uchun.
Rode VideoMic - yuqori sifatli audio yozish uchun tavsiya etiladi.
Obyektivlar
Smartfon kamerasi imkoniyatlarini kengaytirish uchun qo'shimcha obyektivlar ishlatiladi
Keng burchakli obyektiv - landshaft va ichki makon suratlari uchun.
Telefoto obyektiv - uzoq masofadagi obyektlarni suratga olish uchun.
Makro obyektiv - kichik detallarni yaqin masofadan olish uchun.
Fish-eye obyektiv - ijodiy va noodatiy burchaklar uchun foydalaniladi.
Quvvat banki (Power Bank)
Uzoq muddatli suratga olish jarayonida smartfonning quvvati tez tugashi mumkin. Yuqori sig'imli (10,000 mAh va undan yuqori) quvvat banki doimo yoningizda bo'lishi kerak. Ba'zi tavsiya etiladigan modellarga Anker va Xiaomi Power Bank kiradi.
Post-ishlov dasturlari
Sifatli surat va videolarni tayyorlashda tahririy dasturlar muhim o'rin tutadi. Mobilograf ko'p ishlatadigan va ularga sifatli tasvirlar tayyorlashda yordam beradigan mobil ilovalarni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
🎨 Mobilograflar ko'p ishlatadigan ilovalar
Umuman olganda, mobilograf uchun eng kerakli narsa bu texnik bilimlardir. Mobilografiya hozirgi kunda ommabop soha hisoblanadi. Uning o‘ziga hos bilim va sirlari mavjud. Ularning barchasini Najot Ta'limning 2 oylik mobilografiya kurslarida o‘rganib olishingiz mumkin.
🔗 Kurs uchun ro'yxatdan o'tish
Yangilik muallifi:
Yangilik muallifi: