Ushbu maqolada Data analitiklarning kuchli quroli Power BI haqida qisqa va lo'nda ma'lumotlarni topasiz
Agar siz ma’lumotlar bilan ishlaydigan bo‘lsangiz — marketing, AyTi, Data analitika yoki biznes boshqaruvi bo‘lsin — unda Power BI nomiga albatta duch kelgansiz. Ammo ko‘pchilik uni faqat oddiy “grafik chizadigan dastur” deb o‘ylaydi. Aslida esa Power BI – bu Microsoft yaratgan kuchli biznes intellekt (BI) platformasi bo‘lib, u kompaniyalarga ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, vizual ko‘rsatish va real vaqt rejimida qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Bugungi maqolada Power BI haqidagi 15 ta ajoyib fakt bilan tanishasiz.
Ha, to‘g‘ri! Bugungi mashhur Power BI aslida Microsoft laboratoriyalarida “Project Gemini” nomi ostida start olgan. Maqsad — Excel foydalanuvchilari uchun yanada kuchli tahliliy vosita ishlab chiqish edi.
2024-yil hisobiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 300+ milliondan ortiq biznes foydalanuvchilari Power BI’dan foydalanadi. Bu BI bozorida mutlaq yetakchi ekanini ko‘rsatadi.
Power BI Excel bilan mukammal integratsiyaga ega. Ko‘pchilik hatto shunday deydi:
“Excel — bu mashq, Power BI — bu musobaqaning o‘zi!”
Power BI sizga real vaqt rejimida o‘zgarib turadigan grafiklar tayyorlash imkonini beradi. Masalan:
Website traffic
Savdo hajmi
CRM ma’lumotlari
IoT qurilmalari statistikasi
Barchasi avtomatik yangilanadi. Zo‘r, to‘g‘rimi?
Ha, ko‘pchilik bilmaydi — Power BI Desktop mutlaqo bepul! 
Power BI’da DAX (Data Analysis Expressions) degan maxsus formula tili mavjud. Excel formulalariga o‘xshaydi, lekin ko‘proq kuchgа ega. Kim DAXni o‘rganadi — u data dunyosida yutadi.
Power BI sizni hech cheklamaydi. U quyidagilarga ulanadi:
Excel
SQL Server
Google Analytics
Facebook/Instagram Ads
Salesforce
Azure
BigQuery
CSV / API
Hatton oddiy web-sahifadan ham ma’lumot oladi.
Power BI ichida AI vizualizatsiyalar bor. Ular:
Trendlarni topadi
Anomaliyalarni ko‘rsatadi
Prognoz qiladi
Sizga hech qanday kod yozish shart emas. ChatGPT + Power BI = 🔥 data jamoasi orzusi!
Power BI — Power Apps, Power Automate, Power Pages bilan bir tizimda ishlaydi. Ya’ni siz:
✅ Ma’lumotlarni tahlil qilasiz
✅ Avtomatlashtirasiz
✅ Dastur yaratishingiz mumkin
Hammasi bitta ekotizimda.
LinkedIn tadqiqotiga ko‘ra, Power BI sertifikatiga ega mutaxassislar:
2x ko‘proq resume ko‘rinuvchanlik oladi
O‘rtacha $60,000–$120,000 maosh oladi
Data bozorida eng tez o‘sayotgan yo‘nalishda bo‘ladi
Smartfoningizdan dashboardlarni ko‘rib, qaror qabul qilishingiz mumkin. Business tripdami? Muammo emas!
Data scientistlar uchun ajoyib imkoniyat:
R code
Python code
to‘g‘ridan-to‘g‘ri vizualga ulanadi.
Gartner va Forrester tadqiqotlariga ko‘ra, Power BI so‘nggi 7 yil davomida BI bozorida yetakchi.
Role-level security (RLS) orqali siz:
Kim qaysi ma’lumotni ko‘rishini boshqarishingiz mumkin
Power BI — bugungi biznes dunyosida eng kuchli, eng moslashuvchan va eng talabgir analitika vositasidan biri. Agar siz zamonaviy bozorda raqobatdosh bo‘lmoqchi bo‘lsangiz — Power BI sizning eng muhim qurolingizga aylanishi mumkin.
78-888-9-888
Administratorga bog'lanish
Muallif:
Muallif: