Ushbu maqolada eng ko’p ishlatiladigan Power BI va Excelni tahlil qilamiz va ulardan qaysi biri data analitika uchun mos ekanligini ko’rib chiqamiz.
Hozirgi kunda biznes olamida ma'lumotlarni tez va oson tahlil qilish juda muhim. Ko'plab kompaniyalar ma'lumotlar tahlilining samaradorligini oshirish va foydani ko'paytirishga katta e’tibor qaratishmoqda. Shu sababli, mutaxassislar ma’lumotlarni tahlil qilishda to'g'ri vositani tanlashlari kerak. Excel va Power BI dunyodagi eng mashhur ma'lumotlar tahlili ilovalaridan ikkitasidir, ammo qaysi biri yaxshiroq?
Excel va Power BI’ning vazifalari va imkoniyatlari:
📌 Excel ma'lumotlarni tartibga solish, o'zgartirish va matematik amallar hamda hisob-kitoblarni bajarish uchun ishlatiladi.
🎯 Power BI esa biznes intellekti va ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish vositasi sifatida yaratilgan.
📌 Excel ishlay oladigan ma'lumotlar hajmida cheklovlar mavjud, Power BI esa ancha katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlay oladi.
🎯 Power BI turli xil ma'lumot manbalariga ulanadi, Excelning esa ulanish imkoniyatlari cheklangan.
📌 Exceldan farqli o‘laroq, Power BI mobil qurilmalardan ham oson foydalanish imkonini beradi.
🎯 Power BI ma'lumotlarni Excelga qaraganda tezroq qayta ishlaydi.
📌Power BI hisobot panellari (dashboard) yanada chiroyli, interaktiv va moslashuvchan.
🎯 Power BI jadvallar, hisobotlar yoki ma'lumot fayllarini taqqoslash borasida Excelga qaraganda kuchliroq vosita hisoblanadi.
📌 Power BI foydalanuvchilar uchun qulay va Excelga nisbatan osonroq ishlatiladi.
Data analitika uchun Power BI Excelga qaraganda ancha qulay va kuchliroq vosita. Chunki u:
✅ Katta hajmdagi ma'lumotlarni tez va samarali qayta ishlaydi – Excel katta ma’lumotlarda sekinlashishi mumkin.
✅ Avtomatik yangilanish imkoniyati bor – Excelda esa ma'lumotlarni qo‘lda yuklash kerak.
✅ Interaktiv va chiroyli grafikalar yaratish oson – Excelda grafikalar kamroq interaktiv va qo‘lda sozlash talab etiladi.
✅ Turli ma’lumotlar bazalari bilan bog‘lanadi – Power BI turli tizimlardan ma’lumotlarni olishi mumkin, Excel esa cheklanganroq.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, agar sizga oddiy hisob-kitob va jadvallar uchun vosita kerak bo'lasa, Excel yetarli. Agar chuqur tahlil va real vaqt rejimidagi hisobotlar kerak bo‘lsa, Power BI ancha yaxshiroq. Ikkala dastur ham foydali, lekin foydalanish maqsadingizga qarab tanlash kerak.
Agar siz Data analitika bo‘yicha chuqur bilim olishni xohlasangiz, Najot Ta’limning 5 oylik Data analitika kursiga ro'yxatdan o'ting. Kursda Power BI'dan tashqari SQL, Python, Excel va statistik tahlil vositlarini o'rgansiz. Ayni paytda kursga qabul davom etmoqda.
😎 Data analitika kursiga ro‘yxatdan o‘tish
Administratorga bog'lanish
77-888-9-888
Muallif:
Muallif: