Yangiliklar
105

Biznes intellekt va BI dasturlar

Bugungi maqolada aynan BI nima ekanligi, qanday ishlashi va boshqa muhim jihatlarini ko'rib chiqamiz.

Biznes intellekt va BI dasturlar

Bugungi raqobatdosh bozorga  BI -  biznes intellekti kirib kelishi bilan bizneslarning o‘z ma’lumotlarini to‘liq tushunishi va tahlil qila olishi ahamiyat kasb eta boshladi. Hozirda barcha kompaniyalarning deyarli 50%i  BI vositalaridan foydalanadi va kelgusi yillarda bu ko‘rsatkich yanada oshishi kutilmoqda. 


Biznes intellekti nima?

Biznes intellekti — strategik qarorlar qabul qilishda yordam beradigan biznes tahlili, ma’lumotlar qidirish, vizualizatsiya qilish, ma’lumotlar infratuzilmasi va ilg‘or amaliyotlarni o‘z ichiga olgan tizimdir. Amaliy jihatdan olganda, zamonaviy biznes intellekti tashkilotingiz ma’lumotlarini to‘liq ko‘rish imkoniyatini beradi va ulardan foydalanib, yangiliklarni amalga oshirish, kamchiliklarni yo‘q qilish hamda bozorga tez moslashish imkonini beradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, BI ning zamonaviy ta’rifi, ammo u uzoq tarixga ega bo‘lib, ko‘p yillar davomida turli bosqichlardan o‘tgan. An’anaviy “Business Intelligence” dastlab 1960-yillarda tashkilotlar o‘rtasida ma’lumot almashish tizimi sifatida paydo bo‘lgan. "Business Intelligence" atamasi 1989-yilda qaror qabul qilish uchun kompyuter modellarini yaratish bilan birga paydo bo‘lgan. Keyinchalik ushbu dasturlar rivojlanib, ma’lumotlarni tahlil qilish va bazaga aylantirish imkonini berdi. Ushbu maqola esa BI ga kirish uchun boshlang‘ich qo‘llanma bo‘lib, aysbergning faqat bir qismidir.


Biznes intellekti qanday ishlaydi?

Har qanday biznes va tashkilotning o‘ziga xos maqsadlari bo‘ladi. Maqsadga erishish uchun ular kerakli ma’lumotlarni yig‘adi, tahlil qiladi va strategiya tuzib chiqishadi. Texnik jihatdan qaraganda, xom ma’lumotlar biznes tizimlaridan yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlar qayta ishlanadi va ma’lumotlar omborlari, ilovalar yoki fayllarda saqlanadi. Saqlangan ma’lumotlarga foydalanuvchilar kirish huquqiga ega bo‘lib, biznes savollariga javob topish uchun tahlil jarayonini boshlaydi. BI platformalari ma’lumotlarni grafikalar va diagrammalar shakliga keltiradi. Bunda ma’lumotlar tushunarli darajada vizual ko‘rinishga keladi.


BI metodlari

So‘nggi yillarda biznes intellekti rivojlanib, samaradorlikni oshirish uchun qo‘shimcha jarayonlarni o‘z ichiga oldi. Ushbu jarayonlar quyidagilar:

  • Ma’lumotlar qidirish (Data Mining): Katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plamlaridan tendensiyalarni aniqlash uchun ma’lumotlar bazalari, statistika va mashinaviy o‘rganish (ML) texnologiyalaridan foydalanish.
  • Hisobot berish (Reporting): Xulosa chiqarib, qaror qabul qilish uchun ma’lumotlar tahlilini manfaatdor tomonlarga taqdim etish.
  • Samaradorlik ko‘rsatkichlari va taqqoslash: Joriy natijalarni oldingi natijalar bilan taqqoslash va maqsadlarga erishish jarayonini kuzatish. Odatda maxsus boshqaruv panellari orqali amalga oshiriladi.
  • Tavsifiy tahlil (Descriptive Analytics): Dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish orqali nima sodir bo‘lganligini aniqlash.
  • So‘rov berish (Querying): Ma’lumotlar to‘plamlariga aniq savollar berish va BI tizimining ushbu savollarga javob topishi.
  • Statistik tahlil (Statistical Analysis): Tavsifiy tahlil natijalarini chuqurroq o‘rganish va ma’lumotlar asosida tendensiyalarni tushuntirish.
  • Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish (Data Visualization): Ma’lumotlarni grafikalar, diagrammalar va gistogrammalar shaklida aks ettirish, bu esa ularni oson tushunish imkonini beradi.
  • Vizual tahlil (Visual Analysis): Ma’lumotlarni vizual hikoya qilish orqali real vaqtda tahlil qilish va tushunchalarni tezkor yetkazish.
  • Ma’lumotlarni tayyorlash (Data Preparation): Turli manbalardan ma’lumotlarni yig‘ish, o‘lchov va parametrlarni aniqlash hamda tahlil qilish uchun tayyorlash.

BI, Data analitika va biznes analitika qanday ishlaydi?

Biznes intellekt (BI) –  ma’lumotlar tahlili (Data analitika) va biznes tahlilini (Business Analytics) o‘z ichiga oladi, lekin ularni umumiy jarayonning bir qismi sifatida ishlatadi. BI foydalanuvchilarga ma’lumotlar tahlilidan xulosa chiqarishga yordam beradi. Data analitiklar esa ilg‘or statistika usullaridan foydalangan holda tendensiyalarni aniqlaydi va kelajakdagi natijalarni prognoz qiladi.

Data analitika "Bu nima uchun sodir bo‘ldi va keyingi bosqichda nima bo‘lishi mumkin?" degan savollarga javob izlaydi.Biznes intellekti esa bu tahlillarni tushunarli tilga o‘girib, aniq tavsiyalar shaklida taqdim etadi. Oddiy qilib aytganda, tashkilotlar biznes tahlilini o‘zlarining biznes intellekti strategiyasining bir qismi sifatida amalga oshiradilar.

Biznes intellektning afzalliklari

  • Ma’lumotlarning aniq va tushunarli bo‘lishi
  • Ish samaradorligining oshishi
  • Mijozlar tajribasining yaxshilanishi
  • Xodimlar qoniqish darajasining oshishi


BI misollar

Turli sohalar, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari va ta’lim BI tizimlarini erta joriy qilgan. Har qanday tashkilot o‘z operatsiyalarini ma’lumotlar asosida o‘zgartirishi mumkin. BI imkoniyatlarini aniq tushunish qiyin bo‘lishi mumkin.

  • Moliyaviy xizmatlar sohasi: Charles Schwab kompaniyasi BI vositalaridan foydalanib, AQSh bo‘ylab barcha filiallarining ish faoliyatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Markaziy BI platformasi tufayli filial ma’lumotlari yagona ko‘rinishda jamlandi. Endi filial menejerlari mijozlarning sarmoya ehtiyojlari o‘zgarayotganini oldindan ko‘ra oladi. Rahbariyat esa mintaqaviy natijalarni kuzatib, ularni boshqaruvchi filiallarni aniqlashi mumkin. Bu esa biznes jarayonlarini optimallashtirish va mijozlarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
  • Marketing va elektron tijorat: HelloFresh kompaniyasi BI vositalari yordamida hisobot jarayonlarini avtomatlashtirdi. Uning raqamli marketing jamoasi har oy hisobot tayyorlashga ortiqcha vaqt sarflardi. Tableau yordamida ular kuniga 10-20 soatni tejashga erishdi va yanada aniqroq va maqsadli marketing kompaniyalarini tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi.


Biznes intellektning kelajagi

BI biznes ehtiyojlari va texnologiyalar rivojlanishi bilan doimiy ravishda o‘zgarib boradi. Har yili yangi BI tendensiyalari paydo bo‘ladi.

  • Sun’iy intellekt va machine learning – BI strategiyasiga chuqur integratsiya qilinadi.
  • Ma’lumotlarni bo‘lishish va hamkorlik qilish imkoniyati ortadi.
  • Vizualizatsiya vositalari yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Savdo va mijozlar xatti-harakatlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati oshadi.


Xulosa qilib aytganda, analitika bizneslarning o‘sishi, raqobatda oldinga chiqib olishi va samarali ish tizimini tashkil qilish uchun yordam beradi. Hozirgi kunda trendga chiqayotgan va yaqin 10 yillikda ham talabgir sohalardan biri bo'lib qoldigan bu sohalarda karyerangizni qurishga nima deysiz? Najot Ta'limning Data analitika kurslarida ham aynan Power BI dasturi mavjud. Siz 5 oylik kursimizda nafaqat Power BI, balki SQL.Python, Excel, statistik tahlillarni o'rganib, bizneslar uchun muhim soha hisoblangan Data analitik bo'lib karyerangizni boshlashingiz mumkin. 

Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

26-yanvar kuni Najot Ta'lim Quiz musobaqasi bo'lib o'tdi

26-yanvar kuni Najot Ta'lim Quiz musobaqasi bo'lib o'tdi

Batafsil