Dasturlash
76

Data analitik bo‘lish uchun 5 ta ko‘nikma

Ushbu maqolada Data analitiklar ishida zarur bo‘ladigan asosiy 5 ta ko‘nikma haqida ma'lumot olasiz

Data analitik bo‘lish uchun 5 ta ko‘nikma

Ma'lumotlar oqimi terabaytlardan ham oshgan davrda yashayapmiz. Ularni filtr qilish, tartiblash, tahlil qilish bilan Data analitiklar shug'ullanadi. XXI asrning eng talabgir kasblaridan biriga aylangan Data analitika har qanday biznes yoki tashkilotning asosiy qurollaridan biriga aylangan. Ammo bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun oddiy texnik bilimlar yetarli emas. Raqamlar ortidagi ma’noni anglash, ulardan samarali xulosa chiqarish va bu bilimlarni foydali qarorlarga aylantirish uchun muayyan ko‘nikmalar zarur. Ushbu maqolada Data analitiklar uchun zarur 5 ta hard va soft skill'lar haqida so'z yuritamiz. 

1. Statistik tahlil — har bir analitikning asosi

Data analitiklarni statistikani bilmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Statistik tahlil — bu ma’lumotlarni to‘plash, o‘rganish, modellashtirish va talqin qilish jarayonidir. Ayniqsa, regressiya tahlili, korrelyatsiya, va gipoteza sinovlari analitikning kundalik ishlarida juda qo‘l keladi. Bu bilimlar orqali siz ma’lumotlar ortidagi bog‘liqlik va tendensiyalarni chuqur tushunishingiz mumkin. Agar siz aniqlikni yaxshi ko'ruvchi va detallarga e'tiborli inson bo'lsangiz, bu hard ko'nikmani o'zingizda be'malol shakllantira olasiz.

2. Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish 

Hech qanday grafik yoki diagrammasiz tahlil xulosalaringizni yetkazib berolmaysiz. Data vizualizatsiyasi murakkab ma’lumotlarni oson qabul qilinadigan shaklga keltirish imkonini beradi. Buning uchun Tableau, Power BI, yoki Python’dagi Matplotlib va Seaborn kutubxonalaridan foydalaniladi. Grafikalar orqali siz nafaqat o‘zingiz tushunasiz, balki xulosalarni boshqalarga ham tushunarli qilib yetkaza olasiz. 

3. Muloqot qilish ko‘nikmasi

Data analitika faqat texnik ish emas, bu kommunikatsiya hamdir. Ko‘pincha analitiklar o‘z tahlil natijalarini texnik bo‘lmagan odamlar (rahbarlar, mijozlar, investorlar) bilan baham ko‘rishlari kerak bo‘ladi. Shuning uchun kuchli og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari sizni boshqalardan ajratib turadi. Ma’lumotlarni insoniy tilda tushuntira olishingiz, ishingizda professionallik bo'ladi.

4. Muammolarni hal qilish — har bir masalaga yechim topish

Yaxshi analitik har qanday murakkab vaziyatga tizimli yondasha oladigan va aniq yechim taklif qila oladigan kishidir. Data analitika jarayonida sizda ko‘p savollar tug‘iladi: “Nega savdo pasaydi?”, “Qaysi mahsulot foydaliroq?” yoki “Qaysi segmentda muammo bor?”. Bunday savollarga muammolarni hal qilish ko‘nikmasi yordamida aniq va asosli javoblar topasiz.

5. Tanqidiy fikrlash — chuqur tahlil qilish qobiliyati

Data analitika har doim ham aniq yo‘l ko‘rsatmaydi. Aksincha, noto‘g‘ri xulosalar chiqarish xavfidan saqlaydi. Tanqidiy fikrlash bilan har bir ma’lumotni sinchkovlik bilan tahlil qilishingiz kerak. Har bir son, jadval yoki grafikga savol bilan yondashish, mavjud taxminlarni shubha ostiga olish sizni haqiqiy tahlilchiga aylantiradi.

Xulosa

Data analitika raqamlar bilan ishlashdan ko‘ra ko‘proq narsa. Bu sohaga kirish yoki rivojlanmoqchi bo‘lganlar uchun yuqoridagi 5 muhim ko‘nikma — statistik tahlil, vizualizatsiya, muloqot, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash ustida ishlash zarur. Ushbu ko‘nikmalar sizni kuchli tahlilchi, tashkilotlar uchun esa qimmatli mutaxassisga aylantiradi. Agar siz bu sohada o'z yo'lingizni ko'rayotgan bo'lsangiz, aniqlik, matematik fikrlashni yoqtisangiz, Data analitikani o'rganing.

Najot Ta'limning 7 oylik kurslarida siz dastlab kompyuter va dasturlash asoslarini o'rganib olasiz. Bosqichma-bosqich ma'lumotlar bazasini boshqarish va ular ustida turli operatsiyalarni bajarishni, ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish, SQL, Python, Excel, Power BI kabi dasturlar bilan ishlashni, Statistik tahlil qilish, ma'lumotlardan foydalanib jadval va hisobotlar tayyorlashni o'rganasiz. 

Data analitika kursiga ro‘yxatdan o‘tish
Administratorga bog'lanish
77-888-9-888

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Sun'iy intellekt asoslari (prompt injenering)

Sun'iy intellekt asoslari (prompt injenering)

Batafsil