Ushbu maqolada Data analitika katta kompaniyalarning muvaffaqiyatiga qanchalik ta'sir ko'rsatgani haqida gaplashamiz
Biznes dunyosida Data analitika kompaniyaning strategik rivojlanishi uchun zaruriy omillardan birigadir. Katta ma'lumotlarni tahlil qilish orqali kompaniyalar mijozlarning ehtiyojlarini oldindan bilish, samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish va xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Quyida Data analitikani muvaffaqiyatli qo'llagan mashhur kompaniyalar va ularning yutuqlari haqida gaplashamiz.
Amazon dunyodagi eng yirik onlayn do'kon (e-commerce) platformalaridan biri bo'lib, undagi muvaffaqiyatining katta qismi Data analitikaga asoslangan. Amazon foydalanuvchilarning xarid tarixi, qidiruvlari va xarid qilish odatlarini chuqur tahlil qilib, ularga eng mos mahsulotlarni tavsiya qiladi. Kompaniya sun’iy intellekt va machine learning algoritmlaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini oldindan predict (bashorat) qiladi. Buning natijasida, Amazon tavsiyalar orqali umumiy savdolarini 35% ga oshirgan.
Biz biron bir film tomosha qilishni xohlaganimizda, Netflix’ning o'zi bizga turli kinolarni tavsiya qiladi. Ammo bu tavsiyalar shunchaki tasodif emas, albatta. Netflix Data analitika kuchidan samarali foydalangan kompaniyalardan biridir.
U o'z foydalanuvchilarining xatti-harakatini tekshirish uchun ham Data analitikadan foydalanadi va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, mos bo'lgan tavsiyalarni taqdim etadi. Shuningdek, yangi serial va filmlar ishlab chiqarishda ham Data analitikadan foydalanadi. Netflix bu borada foydalanuvchilar orasida eng mashhur aktyorlar, rejissorlar va janrlarni aniqlash orqali qaror qabul qiladi.
Spotify foydalanuvchilar didiga mos ravishda musiqalarni tavsiya qilish uchun murakkab Data analitika algoritmlaridan foydalanadi. Kompaniya foydalanuvchilarning qanday musiqa tinglashini, sevimli janrlarini va hattoki tinglash vaqtlari kabi omillarni tahlil qiladi. "Discover Weekly" va "Release Radar" kabi avtomatlashtirilgan pleylistlar aynan Data analitikaga asoslangan bo'lib, Spotify’ga foydalanuvchilarni platformada uzoqroq ushlab turish imkonini beradi.
Ma’lumotlarga ko'ra, 2015-yilda Disover Weekly ishga tushirilgandan so'ng, 40 milliondan ortiq tinglovchilar haftalik mikstaplarga obuna bo'lishgan. Dastlabki 5 yil ichida Spotify foydalanuvchilari “Discover Weekly” pleylistlari uchun 2,3 milliard soatdan ortiq vaqt sarflagan. Spotify mahsulot dizayniga ta'sir qilish uchun A/B testidan ham foydalangan. Ular quyidagilar:
📊 Turli funksiyalarni sinab ko'rish: A/B testi yangi pleylistning dizaynlari, navigatsiya menyulari va qidiruv funksiyalarini tajribadan o'tkazish orqali, uni turli foydalanuvchi guruhlari bilan sinab ko'rgan. Natijada, Spotify qaysi biri yaxshi qabul qilinayotganini va qaysi biri natija bermayotganini ko'ra olgan.
📊 Interfeyslarini sinab ko'rish: Spotify tugmalar, shriftlar va ranglarning joylashuvi kabi interfeys komponentlarini sinovdan o'tkazgan. Bu foydalanuvchilar uchun yanada qulay va yoqimli mahsulot berishda muhim ahamiyatlardan bo'lgan.
📊 Tavsiyalarni moslashtirish: Turli foydalanuvchilarga turli qoʻshiqlar va pleylistlarni koʻrsatish orqali Spotify qaysi tavsiyalarni bosish va tinglash ehtimoli koʻproq ekanligini koʻra olgan.
Umuman olganda, tinglash, pleylistlar, qidiruv so'rovlari, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalaridan ma’lumotlarini to'plash orqali Spotify har bir foydalanuvchi uchun moslashtirilgan va individual bo'lgan mahsulotlar yaratishga muvaffaq bo'lgan. Aynan ushbu A/B testlash, statistik tahlillar Najot Ta'lim Data analitika kursining o'quv rejasiga qo'shilgan. Chunki Najot Ta'lim o'quv rejalarini doimo xalqaro hamkorlari orqali, bozor talabiga moslashtirgan holda shakllantiradi.
Moda sanoatida ham Data analitika katta ahamiyatga ega. Zara do'konlaridagi sotuvlarni real vaqt rejimida kuzatib boradi va ma'lumotlarga asoslanib, ishlab chiqarish jarayonini boshqaradi. Kompaniya mijozlar tomonidan ommabop bo'lgan mahsulotlarni aniqlab, ularni tezda ommaviy ishlab chiqarishga yo'naltiradi. Bu esa zahiralarning minimal bo'lishiga va kompaniyaning tezkor yetkazib berish tizimiga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, Data analitika bugungi kunda har qanday sohada biznes muvaffaqiyati uchun muhim vositaga aylangan. Yuqorida keltirilgan kompaniya va shu kabilar real vaqt tahlili, shaxsiylashtirilgan tavsiyalar va mijozlar ehtiyojlarini oldindan bilish orqali katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Kelajakda Data analitikadan foydalanish yanada kengayib, raqobatda ustunlikka erishish uchun asosiy faktor bo'lib qolishi ehtimoldan yiroq emas.
Shuning uchun ham data analitika jahon va O'zbekiston bozorida talabgir sohalardan biriga aylanmoqda. Agar siz ushbu sohani o'rganib, karyera qilishni istasangiz siz uchun ajoyib imkoniyat. Najot Ta'limning 5 oylik kurslariga ro'yxatdan o'tib, ilk qadamni tashlang.
😎 Ro'yxatdan o'tish
78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish